Biz yangi ko'rgazmamiz va shu ko'rgazma bilan birgalikda, ko'rgazma davomi sifatida, bo'lib o'tadigan boshqa tashabbuslarimiz uchun kraudfanding kampaniyasini ishga tushuryapmiz. Ularni qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi lotlarni sotib olishingiz mumkin.
Hammabop bo‘lib qolgan va paxta ishlab chiqarish sanoatini bildiruvchi bu ramz bizga sovet davridan kelgan va bizning kundalik hayotimizning bir qismiga aylangan. XX-asr o‘rtalarida O‘zbekiston asosan RSFSRning Yevropa qismida yengil sanoat korxonalarini xom ashyo bilan ta'minlaydigan Sovet ittifoqining "paxta omboriga" aylantirildi.
Paxta yetishtirish uchun yaroqsiz, suv tanqisligi mavjud bo‘lgan mintaqa yerlarida yuz yil mobaynida kultivasiya qilish, keyinchalik inson tomonidan yaratilgan eng keng ko‘lamli ekologik ofat — Orol dengizining qurib ketishiga olib keldi.
Shu nuqtai nazardan, paxta va unga bog‘liq bo‘lgan ramzlar singari, mustamlakachilik merosining la'nati sifatida namoyon bo‘ladi, ammo shu bilan birga ko‘pchilik uchun irratsional qo‘msash tuyg'usini keltirib chiqaradi. Paxta haqidagi afsona — hozirda biz usiz O‘zbekistonni tasavvur qila olmaydigan mustamlaka g‘allasidir. Bizni hamma joyda o‘rab turgan bu afsona — binolardagi mozaikadan tortib, mamlakatning har bir uyidagi har bir kosadagi naqshlarga qadar — O‘zbekiston xalqiga na baxt va na farovonlik keltirmagan milliy xazina haqida gapiradi.
Ushbu jamoaviy ko‘rgazma O‘zbekiston rassomlari va tadqiqotchilarining paxtaning Markaziy Osiyo hayoti, konteksti va landshaftini butunlay o‘zgartirgan qishloq xo‘jaligi ekinlari sifatidagi ahamiyati haqidagi fikridir. Bu qanday qilib imperatorlik ambitsiyalari paxtani mustamlakachilik ekspluatatsiyasi va ommaviy ongni boshqarish vositasiga, "O‘zbekistonning oq oltini"ga aylantirganligi haqidagi mulohazadir.
Ekspozitsiya mualliflari bugungi kunda "O'zbekiston – paxta" uyushmasi jamiyat va madaniyat uchun nimani anglatishini tushunishga harakat qilmoqda. Dilara Kaipova va Umida Ahmedovaning asarlari sovet propagandasi tomonidan yaratilgan ramzlar qanchalik keng tarqalganligini, ular atrofimizdagi kundalik hayotga qanchalik chuqur kirib borganligini, uni qanday o'zgartirganligini va bugungi kunda qanday ahamiyatga ega ekanligini namoyish etadi.
Tadqiqotchi Oleg Karpov to’plamidan XIX - asr oxiri, XX - asr boshlaridagi arxiv fotosuratlari Yevroosiyo mustamlakachilik ongiga asos solgan ushbu davrda paxta sanoati qanday tashkil etilganligini namoyish etadi.
Rassom Vyacheslav Axunovning 1989-1990 yillarda, SSSRning Afg'onistondagi harbiy ekspansiyasining oxirida amalga oshirilgan asarlari klassik sovet plakat an'analarini qayta ko'rib chiqadi va unga yangi kontekst beradi. Aleksandr Barkovskiy va Aleksandr Fedorovning rasmlari bugungi kunda pop-art estetikasida yaratilgan bo'lib, ular bizga tanish bo'lgan paxta ramziyligini yangicha talqin qilib, uni bugungi voqealar va madaniy kodlar bilan bog'liq kutilmagan vizual kontekstga joylashtirmoqda.
Paxta sanoatining e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan yana bir xususiyati, ya'ni XIX-asrning o'rtalariga borib taqaladigan tizimli ravishda inson huquqlarining buzilishi va bolalar mehnatidan foydalanish ko'rgazma doirasida Timur Karpovning hujjatli fotosuratlari va u rejissyor Mixail Borodin bilan birgalikda yaratgan "COTTON100%" filmi bilan tasvirlangan.